foto

O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri

General-leytenant
Bobojonov Po‘lat Razzaqovich
Qabul kunlari: Ichki ishlar vaziri qabuliga yozilish uchun Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojat qilish zarur, ariza ko`rib, o`rganib chiqilgandan so`ng qo`shimcha ma'lumot sifatida qabul qilish kuni va vaqti haqida ma'lumot beriladi

Bevosita bo’ysunuvchi xizmatlar:

  1. Tashkiliy departament
  2. Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
  3. Harbiy safarbarlik boshqarmasi
  4. Maxsus bo’lim
  5. Xalqaro hamkorlik boshqarmasi
  6. Iiv axborot xizmati
  7. Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti
  8. Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi
  9. "Interpol”ning o’zbekiston respublikasidagi milliy markaziy byurosi
  10. Iiv huzuridagi jazoni ijro etish departamenti
  11. Nazorat-taftish inspektsiyasi

Biografiya

1961 yil 1 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Xorazm viloyatida tug’ilgan.
1982 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagach, Xorazm viloyatiga prokuratura organlarida xizmatni davom ettirish uchun yuborilgan.
1992 yilga qadar Gurlan tumani prokuror yordamchisi, Xorazm viloyati prokuraturasi umumiy nazorat bo’limi boshlig’i hamda Gurlan tuman prokurori kabi lavozimlarda xizmat qilgan.
1992-1999 yillarda Bog’ot tumani hokimining birinchi o’rinbosari va Xorazm viloyati hokimi o’rinbosari lavozimlarida ishlagan.
1999 yilda ishni davom ettirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga o’tkazilgan.
2000-2011 yillar davomida prokuratura organlarining rahbarlik lavozimlarida - O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o’rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Departament boshlig’i, Jizzax va Buxoro viloyatlari prokurori lovozimlarida xizmat qilgan.
2011 yilda Xorazm viloyati hokimining birinchi o’rinbosari, 2012 yilda - Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 sentyabrdagi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi Farmoni bilan P. Bobojonovga “ general-leytenant” maxsus unvoni berilgan.
Qator davlat mukofotlariga ega.

Qabulga yozilish
© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага