30 Aprel 2023 829

IIV Akademiyasida “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Anjuman IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Transport vazirligi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Respublika sud ekspertizasi markazi, Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi, “Avtotest-Report” masʼuliyati cheklangan jamiyati, shuningdek qator yetakchi taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbir avvalida ilmiy-amaliy anjumanning dolzarb ahamiyati, mamlakatimiz yoʻllarida harakat xavfsizligini taʼminlashning hozirgi holati, bu borada amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar taʼkidlab oʻtildi.

Soha vakillari oʻz maʼruzalari orqali tizimdagi ayrim muammolar, xususan, yoʻl harakati ishtirokchilarining madaniyatini oshirish, avtomaktablarda oʻqitishning zamonaviy mexanizmlarini keng joriy qilish, avtomobillar tirbandligining oldini olishda ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini qoʻllash, atrof-muhitga zararlarni kamaytirish, ilmiy yondashuv asosida yoʻl-transport hodisalarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash masalalariga batafsil toʻxtalib oʻtdilar.

Shuningdek 2022-yil davomida respublikamiz avtomobil yoʻllarida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari tahlil qilinib, yechimini kutayotgan muammolar boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага