5 Sentabr 2020 4210

11 nafar mahkumga nisbatan insonparvarlik printsipi qo'llanildi

Azal-azaldan yurtdoshlarimiz tomonidan turli bayramlar arafasida muhtoj oilalarni, bemorlarni yo'qlash, ularga beg'araz yordam berish doimiy an'ana tusiga kirgan. So'ngi yillarda Yurtboshimiz tomonidan bu kabi an'analarga jazoni o'tayotgan mahkumlarni avf qilish, sudlarimiz tomonidan esa ushbu udumga munosib ravishda jazoni o'tayotgan shaxslarga nisbatan engillik berish odati ham qo'shilib borayotgani albatta quvonarli holdir.

Joriy yil ham ushbu odatga sodiq qolgan holda, bir qancha mahkumlarga nisbatan engilliklar berilmoqda.

Xususan, jinoyat ishlari bo'yicha Namangan tuman sudi ham bu kabi hayrli ishga o'z xissasini qo'shish maqsadida, 2020 yil 28 avgust kuni Namangan viloyat televediniyasi bilan hamkorlikda Namangan tuman IIB Probatsiya guruxida ro'yxatda turib, jazo o'tayotgan 11 nafar mahkum, shundan 1 nafar ayol va 7 nafar yoshlarlarning jazoni o'tashdan muddatidan ilgari ozod qilish to'g'risidagi iltimosnomalari karantin qoidalariga rioya etgan holda mazmunan ko'rib chiqilib, mahkumlar jazoni qonunda belgilangan qismini amalda o'taganliklari, mehnatga halol munosabatda bo'lganliklari, ma'muriy va intizomiy javobgarlikka tortilmaganliklari, yashash va ish joylaridan ijobiy tavsiflanganliklari inobatga olinib, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi bayrami arafasida, Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan o'talmay qolgan jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindilar. 

Sh.Axmedov

Jinoyat ishlari bo'yicha Namangan tuman sudining raisi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага