15 Yanvar 2022 4000

13-son jazoni ijro etish koloniyasida ham “Vatan himoyachilari kuni” munosib nishonlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV huzuridagi JIED 13 son jazoni ijro etish koloniyasida bayram tadbiri oʻtkazildi.

Unda dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Ichki ishlar vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabriklari oʻqib eshittirilib, xizmat davomida fidoiyligini namoyon qilib, safdoshlariga alohida namuna boʻlgan bir guruh muassasa xodimlari munosib taqdirlandi. 

Tadbir soʻngida koloniya boshligʻi podpolkovnik Z.Karimov barcha shaxsiy tarkibni bayram bilan muborakbod etib, istiqbolda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar, oldindagi xizmat vazifalari xususida soʻz yuritdi.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага