25 May 2020 4351

13 yoshli farzandini aldab uning o'ziga aytmasdan boshqaga sotayotgan ayol ushlandi

19 may kuni 43 yoshli M.P., Beruniy tumani IIB ga ariza bilan murojaat qilib, unda To'rtko'l tumanida yashovchi “Qunduz” ismli ayol noqonuniy ravishda o'z farzandini sotmoqchi bo'lib yurganligini bayon qilgan va uning ushbu arizasiga asosan shu kuni soat 21:00 da Bernuiy tumani IIB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, To'rtko'l tumanida joylashgan namunali uyda ijarada yashab kelayotgan, 38 yoshli Qunduz K., o'zining ikkinchi farzandi  voyaga etmagan 13 yoshli D.O., ni fuqaro S.e., ga 15.000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Hodisa sodir bo'lgan joydan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSH dollari hamda qolgan 14.600 AQSH dollari miqdoridagi pullar aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida o'rnatilgan tartibda olingan.

Holat yuzasidan To'rtko'l tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan Qunduz. K., ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага