24 Noyabr 2021 579

14.400.000 soʻmlik noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi

2021-yil 22-noyabr kuni soat 18:30larda Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi hamda Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olingan maʼlumotlar asosida, Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qarshi shahri Markaziy buyum bozori orqa tomonida ketayotgan Sh.D toʻxtatilib, qoʻlidagi karton korobka koʻzdan kechirilganda «Britanik» yozuvli pirotexnika vositalari borligi maʼlum boʻldi.

Shundan soʻng fuqaro Sh.D.ga tegishli pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida toʻliq koʻzdan kechirilganida umumiy qiymati 14.400.000 soʻmlik 480 qutidan iborat «Britanik» yozuvli noqonuniy pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtinchalik saqlovga olindi

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага