“1xBet”ga berilgan shaxs jinoyat sodir etdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi fuqaro T.N., tuman IIBga murojaat qilib, arizasida telegram messenjeridagi "Nukus OLX bazar" nomli guruhda o‘zini “Dilshodbek” deb tanishtirgan foydalanuvchi unga onlayn kredit rasmiylashtirib berishini aytib, ishonchiga kirganligi va haqiqatdan ham 9.500.000 so‘m miqdorda kredit rasmiylashtirib, bank kartasiga mobil ilova orqali olganligi, ammo ushbu pullarni biroz vaqtdan so‘ng nomaʼlum tarzda yechib olinganligini maʼlum qilib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu xatti-harakatlarni sodir etgan shaxs Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida yashovchi “1xbet”, “Linebet” va “Mostbet” kabi taʼqiqlangan onlayn tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar hisob raqamlarini to‘ldirish bilan shug‘ullanuvchi, oliy o‘quv yurti 1 bosqich talabasi, 1998 y.t., J.T. ekanligi aniqlangan.
J.T.ga nisbatan O‘zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV Kiberxavfsizlik markazi