1 Fevral 2023 544

2 million soʻmga ogʻu sotayotgan shaxs ushlandi

2023-yil 24-yanvar kuni viloyat IIB TQX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahar, “Otchopar” MFYda 22 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutiga joylangan giyohvandlik moddasini 2 million soʻmga sotayotgan shaxs qoʻlga olindi. Surishtiruvlar davomida ogʻufurush Qarshi shahrida yashovchi A.D. ekanligi maʼlum boʻldi.

Zahri qotil shaydosidan olingan marixuana taroziga qoʻyilganda 7,11 gramm tosh bosdi.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага