23 Fevral 2023
936
2 nafar voyaga yetmagan qizlarga noqonuniy saboq bergan ayolning qilmishlari fosh boʻldi
Joriy yilning 10-fevral kuni Fargʻona viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Fargʻona tumani Chimyon mahalla hududida yashovchi E.F ismli ayol 2022 yilning avgust oyidan buyon 2 nafar voyaga yetmagan qizlarga noqonuniy diniy taʼlim berib kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, E.F ismli ayolga nisbatan JIB Bagʻdod tumani sudi tomonidan BXMning 3 barobari (900.000 soʻm) miqdorda jarima jazosi tayinlandi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati