15 Yanvar 2022 4296

2-son jazoni ijro etish koloniyasida “Uch avlod uchrashuvi”

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti 4-son muvofiqlashtirish markazi 2-son JIEKda “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan koloniya “Uch avlod” uchrashuvi oʻtkazildi.

Ushbu tadbirga Viloyat IIB faxriylari, Faxriylar kengashi raisi S.K.Islomov, IIO faxriysi G. Otaboyev hamda Viloyat IIB boshligʻining maslahatchisi Z.Obilovlar tashrif buyurib, koloniyada xizmat olib borayotgan barcha xodimlarga, ayniqsa yosh xodimlarga oʻz xizmat faoliyatlari haqida aytib, tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Kasbning sir asrorlarini oʻrgatib, Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishlarini taʼkidlab, xodimlarini bayram munosabati bilan tabrikladilar. Faxriylarga hurmat va ehtirom koʻrsatilib, koloniya boshligʻi tomonidan kitob va esdalik sovgʻalari topshirildi.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага