8 Iyul 2022 1207

20 yildan buyon qidiruvda boʻlgan ayol ushlandi

Toshkent viloyati hududida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish va sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlash borasidagi tadbirlar davom ettirilib kelinmoqda.

Xususan, viloyatda oʻtkazilayotgan “Zarbdor” tezkor-profilaktik tadbiri davomi oʻta ogʻir turdagi jinoyat sodir etgani uchun qariyb 20 yildan buyon qidiruvda boʻlgan ayol 11-iyun kuni viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Qozogʻiston Respublikasi politsiyasi bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida Shimkent shahri hududida qoʻlga olindi va Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, 1962-y.t. F.U. (ayol)ga (Qibray tumanida yashagan) Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2003 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 1-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan va u oʻtgan davr mobaynida tergov organlaridan yashirinib yurgan.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага