20 May 2022 261

24 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Spark” avtomobilidan oʻtkir hidli modda topildi

2022-yil 16-may kuni soat 13:50 larda Yangihayot tumanida joylashgan “A.Turbanov” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari M.Poʻlatov va M.Yoʻldoshevlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan, haydovchi, 1998-yilda tugʻilgan A.Yu. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomobil toʻxtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan sellofanga oʻralgan, jigar rangli, oʻtkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.Yu. va aniqlangan modda Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага