26 Iyun 2022 2439

“27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.R.Bobojonovning tabrigi

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

Sizlarni kasb bayramingiz — “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etaman!

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlardagi bunyodkorlik ishlari, xalqimiz turmush farovonligini oshirishga qaratilgan barcha saʼy-harakatlar samarasida ommaviy axborot vositalarining ham alohida oʻrni bor.

Mamlakatimizda yuz berayotgan demokratik oʻzgarishlar, ochiqlik va oshkoralik, soʻz va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda jurnalist, ijodkorlarning ham masʼuliyati yanada kuchayib bormoqda.

Matbuot va ommaviy axborot vositalarida hayotimizdagi ijobiy oʻzgarishlarning tahlili, bahosi hamda sogʻlom tanqidiy ruh kuchayib borayotgani esa, faol fuqarolik jamiyatini barpo etish borasidagi zarur jihatlardan ekanini alohida taʼkidlash lozim.

Shu oʻrinda, ommaviy axborot vositalari jamiyatda fikrlar va qarashlarni shakllantiruvchi asosiy kuch sifatida, huquqni muhofaza qilish organlari uchun ham nihoyatda muhimdir. Sababi, jamoatchilikning fikr va munosabatlarida biz oʻz faoliyatimizga berilgan xolis bahoni koʻramiz.

Fursatdan foydalanib, Siz jurnalistlarning Ichki ishlar organlarini xalqqa yanada yaqinlashtirish borasidagi saʼy-harakatlaringiz, sohaga boʻlgan eʼtiboringiz hamda sohamiz faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor etish borasida qoʻshayotgan ulkan hissangiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilangizga baxt-saodat hamda ijodiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman!

Poʻlat Bobojonov,
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
general-leytenant.
2022-yil

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага