3 Sentabr 2021 390

28 yillik orzu ushaldi

Karimova Karamat 1950-yilda Tojikiston Respublikasida tugʻilgan. U 1993-yildan buyon ayrim sabablarga koʻra, Gʻuzor tumani “Eshonqudud” mahallasiga koʻchib kelib, hujjatsiz yashab kelayotgan shaxslardan biri.

Kuni kecha, tuman IIB MvaFRB tomonidan Karamat momoga Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsat berilgan identifikatsiya ID–kartasi rasmiylashtirib berildi.

- Men bu onlarni 28 yildan buyon kutaman. Mustaqilligimizni 30 yilligi bayrami arafasida berilgan fuqarolik pasporti men uchun eng katta sovgʻa boʻldi. Buning uchun Prezidentimizga rahmat. — deydi Karamat momo koʻzlarida yosh bilan qoʻllarini duoga ochib.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага