16 Dekabr 2020 4336

500 litr dizel` o'g'risi ushlandi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Do'stlik tumani Manas qishloq fuqarolar yig'inidagi postda “Nexia” to'xtatib, tekshirilganida avtoulov saloni va yukxonasida 30 dona 20 litrlik idishlarga joylangan 500 litr dizel` yonilg'isi borligi ma'lum bo'ldi.

Zomin tumani Dashtobod shaharchasi Baxt mahallasida yashovchi Z.X. noqonuniy yukni uyiga olib ketayotganligini bildirgan.

Shuningdek, u mahsulotni viloyatning Arnasoy tumani hududida M. ismli shaxsdan sotib olganligini ma'lum qilgan. Yonilg'i tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага