8 Fevral 2020 4329

5600 bersang, avtomoyka uchun er ajratib beraman

4 fevral` kuni Ichki ishlar vazirligiga N.O. ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda o'zini Olmazor tumani hokimligining xodimi deb tanishtirgan “Bekzod” ismli shaxs tuman hududidan avtomashina yuvish shahobchasi biznesini yuritish uchun er olib berishga tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga hokimlik mas'ul xodimlariga berish uchun 5.000 AQSH dollari va davlat boji uchun 600 AQSH dollari berishini talab qilib, shundan davlat boji uchun 600 AQSH dollari olganligini va qolgan 5.000 AQSH dollari hisobidan oldindan 800 AQSH dollari berishini talab qilayotganligini ma'lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi fuqaro U.B. SHayxontohur tumanidagi “Beruniy” metro bekati yaqinida arizachidan 800 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruv jarayonida fuqaro U.B. 2018 yilda Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 28,211-moddalarida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun sudlanganligi aniqlangan.

Hozirdi fuqaro U.B. Jinoyat-protsessual kodeksining 224-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага