30 Mart 2023
748
6-son JIEKda mahkumlarning murojaatlari qonuniy hal etildi
Ikkinchi mintaqaviy hudud 6-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar bilan koloniya boshligʻi podpolkovnik K.Karimov va sohaviy xizmat xodimlari sayyor qabul oʻtkazdi.
Sayyor qabul davomida 17 nafar mahkumlarning murojaatlari koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning 2 tasi ijroga qaratildi, 6 tasi ijobiy hal etildi va 8 tasi boʻyicha tushuntirish berildi.
IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati