5 Yanvar 2022
4373
7220-sonli harbiy qismda “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi
7220-sonli harbiy qism komandirining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi” hamda “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi rejasining ijrosini taʼminlash maqsadida, Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismda 2022-yilning 3-yanvar kuni “Biz — ular bilan faxrlanamiz!” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarimizning faxriylari, 7254-sonli harbiy qismning shartnoma asosidagi ofitser va serjantlari hamda muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati