24 Iyun 2020 4286

“Afrosiyob” elektrovozi oynasi beton bo'lagidan dars ketdi

Toshkent mintaqasi temir yo'l transportida xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasiga 23 iyun` kuni soat 20:05 da IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi Yo'lovchi poezdlarini kuzatish batal`oni navbatchisi SH.Asomov telefon orqali, “S.Raximov” temir yo'l bekatining 3378-km. 5-to'siqda, mashinist M.Fayziraxmonov boshqaruvdagi “Buxoro-Toshkent” yo'nalishidagi “Afrosiyob” tezyurar yo'lovchi poezdning elektrovoz oynasiga qattiq jism kelib tegishi natijasida dars ketganligi haqida xabar berdi.

Voqea joyiga chiqilib, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida, “S.Raximov” temir yo'l bekatining 3378-km. 5-to'siqda, Toshkent shahar, Sergeli tumani, “CHoshtepa” mahallasi hududida, Toshkent metropoliten qurilish ishlari olib borilayotgan vaqtida, temir yo'l izining ustida o'tuvchi metropoliten mostiga beton nasosi orqali quyilgan beton mahsuloti qotmaganligi sababli, “Buxoro-Toshkent” yo'nalishi bo'yicha harakatlanayotgan “Afrosiyob” yo'lovchi tezyurar poezdi elektrovozining old oynasiga beton qorishmasi bo'laklari tegib dars ketganligi ma'lum bo'lgan.

Surishtiruvni Toshkent-Janubiy vokzalida transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi olib bormoqda.

IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага