14 Aprel 2021 608

Ajratish maqsadida kelgan “og'ayni”lar o'rtasida janjal kelib chiqdi

9 aprel` kuni soat 17:30 larda noma'lum shaxs Olmazor tumani Beshqo'rg'on-4 dahasi 5 va 3-uylar orasida joylashgan 107-sonli bolalar bog'chasi yonida bo'la turib, unga notanish bo'lgan 17 yoshli A.elyor bilan hech bir sababsiz janjallashib pichoq bilan qorin qismiga bir marotaba urib jarohat etkazgan. Natijada A.elyor qorin old devori, o'ng oxirgi qovurg'a ostida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni fuqaro 17 yoshli Z.Farrux sodir etganligi, u tanishi 17 yoshli I.Zafar bilan G'.Og'abeklar o'zaro janjallashayotganlarida ajratish maqsadida borgan vaqtida u erda bo'lgan A.elyor bilan janjallashib qolganligi aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага