7 Yanvar 2022 3991

Akademiyada “Ochiq eshiklar kuni”

Yoshlarning ona Vatanimizga va tanlagan kasbiga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida oʻtkazilgan tadbirga IIV qoshidagi 1-sonli akademik litsey oʻquvchilari taklif etildi.

Taʼlim maskanida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Oʻquv majmualari, Axborot-resurs markazi, Harbiy va Jangovar-jismoniy kafedralari, turar-joy inshootlari bilan tanishuv asnosida taʼlim tizimiga tatbiq etilayotgan innovatsion yangiliklar haqida maʼlumot berildi.

Oʻquvchilar kursantlarni kasbiy, maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol toptirishga qaratilgan mashgʻulotlarda qatnashib, ulkan taassurotlarga ega boʻldilar.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага