26 May 2022 297

Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab, qidiruvda bo‘lgan fuqaro YPX inspektori tomonidan ushlandi

Joriy yilning 18 may kuni Yangiyo‘l tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX inspektori M.Raximov fuqaroni shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida planshetga fuqaro to‘g‘risida maʼlumotlar kirgizilganda, ushbu fuqaro 1991 yilda tug‘ilgan Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan fuqaro U.Sh. ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi (Moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan bo‘yin tovlash jinoyati sodir etilishi) bilan ayblanib, Oqqo‘rg‘on tumani sudi tomonidan qidiruv eʼlon qilinganligi aniqlandi.

Qidiruvdagi shaxs Yangiyo‘l tumani IIBga topshirildi.

IIV JXD YHXX Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага