Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo respublika ishchi guruhi tomonidan Davlat rahbarining hududlarda aholining ijtimoiy muammolarini hal etish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga oid topshiriqlarining amaliy ijrosi Samarqand viloyatida amalga oshirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo respublika ishchi guruhi tomonidan Davlat rahbarining hududlarda aholining ijtimoiy muammolarini hal etish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlashga oid topshiriqlarining amaliy ijrosi Samarqand viloyatida amalga oshirilmoqda.
Jarayonda Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura va uning tuzilmalari rahbarlari, viloyat, tuman va shahar sektor boshliqlari hamda boshqa bir qator mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etmoqdalar.
Jomboy tumani “Samarqand” mahallasida faoliyat yurituvchi “BAHT SAMARQAND TEKS” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, Samarqand mahallasining beshligi bilan hududdagi kriminogen vaziyat yuzasidan suhbatlashdi.
Vazir tuman ichki ishlar boʻlimida ham boʻlib, bu yerdagi sharoitlarni oʻrgandi.
Oʻrganishlar Samarqand shahridagi Qorasuv massiviga koʻchdi. Hududda joylashgan 93-sonli koʻp qavatli uyda xavfsizlikni taʼminlashning yangi tizimini joriy etish yuzasidan taqdimotlar eshitildi. Unda barcha videokuzatuv kameralari orqali huquqbuzarliklar aniqlanishi koʻzda tutilgan.
Ishchi guruhi viloyat IIB YHXBga qarashli ekspluatatsiya va montaj boʻlimi faoliyati bilan ham tanishib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtirof etildi.
Idoralararo respublika ishchi guruhning oʻrganish ishlari davom etmoqda.