8 Iyul 2021 361

“Ammiakli selitra” mineral o'g'itini noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo'yildi

Joriy yilning 7 iyul` kuni Sirdaryo viloyati IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'lim tezkor xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotlarga asosan Boshqarma YHHB mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Sirdaryo-Jizzax” yo'nalishida harakatlanib kelayotgan, fuqaro D.M. boshqaruvida bo'lgan “ZIL-138A” rusumli yuk avtomashinasi va uning yarim tirkamasi “Yangier blok” postida to'xtatilib, xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, xar birida 150 ta qopdan, jami 300 ta qoplarga qadoqlangan umumiy og'irligi 15 tonna “Ammiakli selitra” mineral o'g'itlarini noqonuniy ravishda viloyat hududidan olib chiqishga harakat qilganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan va ashyoviy dalillar olingan.

Ma'lumot o'rnida ushbu “Ammiakli selitra” mineral o'g'itlari viloyatimiz hududida etishtirilayotgan paxta hosilini oziqlantirish uchun ajratilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan D.M.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага