3 Avgust 2021 4130

Andijon tumanidan avtomashina olib qochgan shaxs Namangan shahridan ushlandi

2021 yil 28 iyul` kuni soat 16:00 larda Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.R Andijon tumani, Xo'ja MFY hududida joylashgan «Arzoni bizda» nomli oziq ovqat do'koni oldidagi avtoturargohdan o'z ish joyidagi rahbari P.M.ning boshqaruvidagi «Kobal`t» rusumli avtomashinasini uning xabardorligisiz yashirin ravishda olib qochgan.

Ko'rilgan tezkor choralar natijasida fuqaro A.R «Kobal`t» avtomobilini Namangan shahar IIO FMB joylashgan hudud yaqinida boshqarib yurgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.R.ga nisbatan Andijon tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan shu yilning 29 iyul` kuni Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, O'zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага