23 Iyun 2022 123

Andijon viloyati hududida jamoat xavfsizligini taʼminlovchi subyektlar ishtirokida navbatdagi hisobot yigʻilishi oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-27-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan Andijon viloyati hududida jamoat xavfsizligini taʼminlovchi subyektlar ishtirokida Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Ismanov Isomiddin huzurida hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Mazkur yigʻilishda joriy yilning oʻtgan davri davomida viloyat hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda, jamoat xavfsizligini taʼminlashda yagona davlat siyosatini amalga oshirishda barcha davlat organlari, korxona, tashkilotlar va jamoat birlashmalari hamda fuqarolar bilan samarali hamkorlikni taʼminlashi muhim ahamiyat kasb etishi, bu borada davlat hokimiyati va boshqaruv organlari mansabdor shaxslari oʻzlarining xizmat majburiyatlari yuzasidan zaruriy chora-tadbirlarni belgilab, ularni oʻz vaqtida amalga oshirishlari lozimligi tushuntirib oʻtildi.

Shuningdek, oʻtgan davr ichida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul xodimlar qattiq ogohlantirib oʻtilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага