Andijon viloyati IIB boshligʻi boshchiligidagi “Ishchi guruh” Asaka tumanidagi 16-sonli koʻzi ojiz bolalar maktab-internatiga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vaziri huzurida 2021-yil 18-yanvar kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyatining Asaka tumanidagi 16-sonli koʻzi ojiz bolalar uchun maktab-internatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni bajarish boʻyicha shaxsan boshqarma boshligʻi rahbarligida “Ishchi guruh” tuzildi.
“Ishchi guruh” tarkibiga viloyat Ichki ishlar boshqarmasining masʼul rahbarlari, IIV Andijon akademik litseyi, viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligining Asaka tumani boʻlimi va tuman Tibbiyot birlashmasining masʼul xodimlari jalb qilingan.
Bugun, 20-yanvar kuni “Ishchi guruh” aʼzolari Asaka tumanidagi 16-sonli koʻzi ojiz bolalar uchun maktab-internatiga tashrif buyurishib, maktab oʻquvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oʻquv jarayonlari va yaratilgan moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishib, kelgusida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarni muhokama qilishdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati