24 Sentabr 2022 362

Andijon viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan taqiqlangan dori vositalari va giyohvandlik moddalarini sotayotgan fuqarolar qoʻlga olindi

Joriy yilning 20-sentyabr kuni, Andijon viloyati IIB JQB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon shahar "Mustaqillik" MFY Mangulik koʻchasi hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu hududda taqiqlangan dori vositalarini sotayotgan bir nechta shaxslar aniqlandi.

Andijon shahrida yashovchi 1996-yilda tugʻilgan erkak fuqaro P.Bning yoni koʻzdan kechirilganida, koʻlidagi sumkasida 50 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi, Oltinkoʻl tumani fuqarosi 1984-yilda tugʻilgan X.D.ning yonidan 280 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari, Andijon shahar fuqarosi 1992-yilda tugʻilgan N.U.ning yonidan 1 dona “Tropikamid” va 2 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari hamda Andijon shahrida yashovchi 1994-yilda tugʻilgan O.M.ning yonidan 0,4 gramm “gashish” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага