20 Oktabr 2021 3981

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasining 9 oylik ish faoliyati muhokama qilindi

2021 yil 19 oktyabr` kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan joriy yilning o'tgan 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan hisobot yig'ilishi o'tkazildi.

O'tkazilgan yig'ilishda tergov bo'linmalari tomonidan erishilgan ijobiy ishlar natijalari bilan bir qatorda, jinoyat ishlarini tergov qilish va fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasida yo'l qo'yilgan kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari tanqidiy muhokama qilindi.

Yig'ilish kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so'ng, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.

Yig'ilish yakunida, tergov xodimlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 15 ta zamonaviy komp`yuter texnikalari, oq qog'oz va kantselyariya buyumlari tarqatildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага