Andijon viloyati IIB JXX JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari tomonidan dehqon bozorlarida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi
Andijon viloyati hududida odamlarning sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan hayvonlar tomonidan kasalliklarni tarqalishini oldini olish, epidemik vaziyatni barqarorlashtirish borasida viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari va veterinariya boʻlimi shuningdek sanitariya epidemiologi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyati hududida joylashgan dehqon bozorlari va savdo markazlarida oziq-ovqat xavfsizligi oyligi munosabati bilan tadbirlar oʻtkazildi.
Unda goʻsht va goʻsht mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, uy sharoitida tayyorlangan turli xil tuzlama va mahsulotlar bilan savdo qilayotgan tadbirkorlar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, aholiga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini tegishli tartibda biriktirilgan joylarda sotishlari haqida ogohlantirish ishlari olib borildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati