Andijon viloyati IIB JXX YHXBda xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan yoʻriqnoma oʻtkazildi
Bugun 5-avgust kuni Andijon viloyati IIB JXX YHXBda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati shaxsiy tarkibi oʻrtasida ertalabki yoʻriqnoma oʻtkazildi.
Yoʻriqnomada viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik A.T.Raxmanov, Oʻzbekiston Respublikasi IIV SHXBB Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik A.F.Furqatov hamda viloyat IIB JXX YHXB barcha shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik A.T.Raxmanov IIO xodimlari oʻrtasida qonun buzilish holatlarini oldini olish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarning ahvoli hamda kelgusidagi vazifalar toʻgʻrisida alohida toʻxtaldi.
Shuningdek, yoʻriqnomada joriy yilning 4-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD YHXX boshligʻi polkovnik O.Ch.Saidov huzurida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar shaxsiy tarkibga toʻliq yetkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati