Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini saqlab kelayotgan fuqarolar aniqlandi
Andijon viloyati IIB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, 1961-yilda tugʻilgan Andijon tumani fuqarosi M.D. oʻzini shubhali tutganligi sababli uni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida uning yonida 37 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Xuddi shunday yana bir holatda 1996-yilda tugʻilgan Andijon shahrida yashovchi J.M. oʻzini shubhali tutganligi sababli uni yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida yonidagi sumkasida jami 31 dona “Regapen” va 5 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Holat yuzasidan fuqarolar M.D. hamda J.M.larga nisbatan Andijon shahar boʻyicha IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati