28 Sentabr 2022 366

Andijon viloyati IIB YHXB xodimi tomonidan shubhali avtomobil toʻxtatilganda, unda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi

Joriy yilning 27-sentyabr kuni soat 20:00larda Andijon shahar Dukchi Eshon koʻchasida xizmat olib borayotgan Andijon viloyati IIB JXX YHXB YPXB 1-safarbar guruhi katta inspektori serjant O.Moʻydinov tomonidan shubhali tuyulgan Matiz rusumli avtomashina toʻxtatilib tekshirilganida avtomashina salonida 2000-yilda tugʻilgan fuqaro K.Q.ga tegishli boʻlgan qora rangli polietilen sellofanga oʻralgan 40 dona “Tropikamid”, 8 dona konvalyutada jami 112 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda Andijon shahar IIO FMB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага