8 Oktabr 2022 1162

Andijon viloyati inspektor-psixologlari uchun voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish mavzusida oʻquv seminari tashkil etildi

Andijon mashinasozlik institutida barcha shahar-tuman IIB inspektor-psixologlar ishtirokida voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD boshligʻi oʻrinbosari A.M.Sarimsaqov, Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari I.B.Ismanov, viloyati IIB HPB boshligʻi M.M.Goziyev hamda 183 nafar shahar-tuman IIB inspektor-psixologlari ishtirok etdilar.

Dastlab Oʻzbekiston Respublikasi IIV JXD boshligʻi oʻrinbosari A.M.Sarimsaqov soʻzga chiqib, 2022-yil 9 oy davomida inspektor-psixologlar tomonidan qilingan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari I.B.Ismanov, 2022-yil 9 oy davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarga toʻxtalib oʻtib, tizimdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha barcha shahar-tuman IIB inspektor-psixologlariga koʻrsatma va topshiriqlar berdi.

Viloyat IIB HPB boshligʻi M.Gʻoziyev tomonidan shahar inspektor-psixologi bilan tuman inspektor-psixologlarining bir-biridan farqlari boʻyicha oʻzining tushunchalarini berib oʻtdi.

Bundan tashqari viloyat IIB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markazi boshligʻi S.Nishonov tomonidan yangi qabul qilingan qonun va qarorlar boʻyicha barcha xodimlarga tushunchalar berildi.

Viloyat IIB HPB MTB inspektori M.Xusanov tomonidan 2022-yil 9 oy davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turlari, ularning kelib chiqib sabablari hamda yangi oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага