17 Iyul 2021 415

Andijon viloyati xodimlarining bir guruhiga ijara shartnomasi tuzilganligi bo'yicha sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 8 iyundagi “Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy bilan ta'minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish to'g'risida” tegishli buyrug'i  va shu yilning 15 iyundagi farmoyishi ijrosini ta'minlash, shuningdek, xodimlarning uy-joy va yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining shu yilning 7 iyul` kungi “Ichki ishlar organlari xodimlarining uy-joy va yashash sharoitlarini o'rganish to'g'risida”gi buyrug'i ishlab chiqilib, ushbu buyruqqa asosan Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat va ijara uy-joylari ahvolini, shuningdek, foizsiz qarz so'ragan xodimlarning yashash sharoitlarini o'rganish bo'yicha ishchi guruh tashkil etildi.

Hozirgi kunga kelib, uy-joy maishiy komissiyasiga jami bo'lib, 377 nafar xodimlar murojaati kelib tushgan.

Shundan ijara haq to'lash bo'yicha murojaat qilgan 90 nafar xodimlarning murojaatlari o'rganilib, 9 nafar xodimlarga ijara haqlari to'lanmoqda.

Joriy yilning 16 iyul` kuni yana 12 nafar xodimga ijara shartnomasi tuzilganligi bo'yicha boshqarma boshlig'ining sertifikatlari Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshlig'i tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Hozirgi kunda uy-joy maishiy komissiyasiga xodimlar tomonidan kelib tushgan murojaatlar ishchi guruh tomonidan atroflicha o'rganilib, xodimlarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash borasidagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага