11 May 2023 1202

Andijon viloyatida Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari huzurida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar davom etmoqda

Joriy yilning 10-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.T.Abdullayev Andijon shahridagi “Islomobod” mahallasidagi beshlik (mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faollari) faoliyatini oʻrganib chiqdi.

Oʻrganishlar davomida, mahallada jinoyatlarni barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar muhokama etildi.

Shuningdek, Andijon tumani “Teraktagi” mahallasi hududida tashkil etilgan yangi “Imtihon olish markazi”ga tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu markazda haydovchilarni imtihonga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish zamonaviy texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, IIV tuman hokimligi binosida, sektor rahbarlari, mahalla raislari, ichki ishlar, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchilari hamda yoshlar yetakchilari ishtirokida xodimlarning ish faoliyati davomida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Soʻng, viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasiga tashrif buyurib, u joydagi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning ish faoliyati bilan tanishib chiqdi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага