11 Sentabr 2021 4328

Andijon viloyatida tovlamachilik jinoyati oldi olindi

2021 yil 06 sentyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi IIVga fuqaro B.A ariza bilan murojaat qilib, tanishi “Laziz” va “Xalilullo” ismli shaxslar joriy yilning 04 sentyabr` kuni uni Toshkent shahar M.Ulug'bek tumanida joylashgan “Laziz” ismli shaxsning yashash xonadoniga olib borib, unga nisbatan kuch ishlatib, unga tegishli bo'lgan “Iphone 12 pro max” rusumli uyali telefonini tortib olishib, telefonda mavjud bo'lgan u bilan ayol kishi o'rtasidagi intim videotasvirlarini internet tarmog'i orqali tarqatib yuborish bilan tahdid qilib, ushbu tasvirlarni tarqatmaslik evaziga 10.000 AQSh dollari va uyali telefonini qaytarib berish evaziga yangi “Iphone 12 pro max” rusumli uyali telefon uchun 1.150 AQSh dollari, jami 11.150 AQSh dollari berishini talab qilayotganliklarini ma'lum qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko'rishni so'ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yil 07 sentyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar L.X. va X.I. Andijon shahar, O'zbekiston ko'chasidagi 48-maktab tashqi tomonida ariza muallifidan 10.000 AQSh dollarini olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindilar.

Mazkur holat yuzasidan, 2021 yil 07 sentyabr` kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan O'zR JKning 165-moddasi 2-qismi “b,v,” bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, L.X. va X.I.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага