15 Noyabr 2021 4237

Andijonda narkograffiti bilan shugʻullangan shaxslar qoʻlga olindi

Joriy yilning  15-noyabr kuniga oʻtar kechasi Toshkent shahridan reklama uchun kelgan ikki nafar shaxslar – 1995-yilda tugʻilgan Ch.E. va A.Sh.lar Andijon shahar hududida devorlarga narkograffiti yozayotganida ushlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida maʼlum boʻlishicha, ular Internet tarmogʻi orqali kelib tushgan taklifga koʻra viloyatlarga borib, har bir narkograffiti uchun moddiy manfaatdorlik evaziga reklama qilayotgani hamda manbaini bilmasligi va tanimasligini maʼlum qilishgan.

Hozirda ushbu holat boʻyicha Andijon shahar IIO FMB 4-IIB xodimlari tomonidan koʻp qavatli uylar faollarining yashash uylarini taʼmiriga ziyon yetkazgani uchun ushbu shaxslarga eʼtiroz bildirganida, ushbu 2 nafar shaxslar janjallashganlik holati boʻyicha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183, 194-195-moddalariga asosan hujjatlar toʻplanib, qonuniy chora koʻrish uchun sudga yuborish choralari koʻrilmoqda.

IIV Tezkor-qidiruv departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага