18 May 2020 937

Andijonda noqonuniy “xo'roz o'yini”ni tashkil qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi

2020 yil 14 may kuni soat 14:30larda, Andijon viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Oltinko'l tumani, Uyg'ur MFYda yashovchi fuqaro M.X qurilishi bitmagan yangi hovlisida karantin vaktida bir nechta fuqarolarni yig'ib, tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy “xo'roz o'yini”ni tashkillashtirganligi aniqlandi.

Fuqarolar T.B, X.X, X.M, I.M hamda YU.J.lar o'zaro og'zaki tartibda 2.000.000 so'mdan kelishib, pul yutish maqsadida xo'rozlarini urishtirayotgan vaqtida ushlandi. Ishtirokchilarni yonida bo'lgan jami 600.000 so'm pullar hamda 2 dona “Dakan” xo'rozlar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirilib, tuman IIB ihtiyoriga olindi.

Surishtiruv davomida, tashkilotchi M.X xar bir o'yindan o'rtaga tikilgan summadan ma'lum miqdorda ulush olganligi ma'lum bo'ldi.

Mazkur holat yuzasidan Oltinko'l tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага