24 Noyabr 2021 278

Andijonda “Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 22-noyabr kuni Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy axborot markazi Andijon viloyati boʻlimida markaz va viloyat IIB bilan hamkorlikda profilaktika inspektorlari uchun “Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.

Seminar qatnashchilari Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy axborot markazining Odam savdosiga qarshi kurashishdagi faoliyati, markazning yuksak vazifasi va maqsadi, olib borayotgan ishlari bilan tanishdilar. Oʻzbekiston Respublikasida odam savdosiga qarshi kurashishdagi huquqiy normativ hujjatlar, odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinganlarni dastlabki va yakuniy identifikatsiya qilish tartibi muhokama etildi. Keyslar asosida amaliy mashqlar oʻtkazildi. Seminar trening davomida odam savdosiga oid videoroliklar namoyish etildi.

“Istiqbolli Avlod” ijtimoiy axborot markazi va profilaktika inspektorlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash borasida takliflar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага