25 May 2023 703

Andijondan kelib Xorazmda oʻgʻirlik jinoyatini sodir etgan shaxslar qoʻlga olindi

Joriy yilning 20-aprel kuni Urganch shahrida joylashgan bank yonidagi avtoturargohda “Lacetti” rusumli avtomashinaning yukxonasi nomaʼlum shaxslar tomonidan buzib ochilib, jami 271 000 000 soʻm pullar yashirin ravishda oʻgʻirlab ketilganligi toʻgʻrisida Xorazm viloyati IIB navbatchilik qismiga xabar kelib tushdi.

Mazkur xabarga asosan hodisa joyiga yetib borgan tergov-tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishildi.

Malakali xodimlardan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan olib borilgan tergovga oid tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu oʻgʻirlik jinoyatini sodir etgan jinoiy guruh fosh etildi.

Ushbu oʻgʻirlik jinoyatini Andijon viloyatida yashovchi, ilgari bir necha marotaba sudlangan va sud tomonidan “Oʻta xavfli retsidivist” deb topilgan, 1993-yilda tugʻilgan, Sh.T. oʻzi kabi “Oʻta xavfli retsidivist”, 1989-yilda tugʻilgan, B.A. va ilgari sudlanmagan, 1988-yilda tugʻilgan, J.O. lar bilan oʻzaro jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, tergov harakatlari davomida, gumondorlar oʻgʻirlik natijasida qoʻlga kiritilgan pullarning bir qismiga ikkita “Spark” rusumli avtomashina xarid qilganliklari ayon boʻldi.

Hozirda gumondorlar protsessual tartibda ushlangan, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага