13 Avgust 2023 1720

Angor tumanida asal oʻgʻrisi qoʻlga olindi

Angor tumanida 2023-yil 30-iyul kuni Muzrabot tumanida yashovchi, 1989-yilda tugʻilgan M.Malik (ism shariflar oʻzgartirilgan) viloyat IIBning “102” xizmatiga qilgan murojaatida, 2023-yilning 29-iyul kunidan 30-iyul kuniga oʻtar kechasi, Angor tumani hududidagi ochiq dala maydonida turgan qarovsiz qoldirilgan asalari vagonidagi 2 filak 85 (sakson besh) kg asalini nomaʼlum shaxs oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan choralar natijasida, ushbu oʻgʻirlikni shu tumanda yashovchi, 1997-yilda tugʻilgan O.Olim sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 8-avgust kuni O.Olimga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага