15 Sentabr 2021 294

Angor tumanida oʻgʻirlik jinoyatini sodir etgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Angor tumanida 2021-yil 7-avgust kuni, tumanning “Navbahor” mahallasida yashovchi, S.Gulnora tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 7-avgust kuni nomaʼlum shaxs, yashash uyi yotoqxonasida turgan seyf ichidan 500 AQSh dollari, jami qiymati 50.381.100 soʻm boʻlgan 5 dona tillo uzugi, 2 juft tillo ziraklari, 1 dona tillo zanjirini va 1.000.000 soʻm boʻlgan 2 dona kumush taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketganligini maʼlum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan choralar natijasida, ushbu oʻgʻirlikni shu tumanda yashovchi, J.Lobar sodir etganligi aniqlangan. 

13-avgust kuni J.Lobarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага