23 Iyul 2021 4211

Angrenlik yigit “telegram” orqali fuqarolarning 13 mln. pulini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritdi

Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida, noma'lum shaxs tomonidan “Telegram”da “UNIVERSAL KREDIT” nomli soxta guruh ochilib, 15 daqiqa ichida onlayn kredit xizmatlari orqali fuqarolar mikroqarz olishlari mumkinligi e'loni ostida fuqarolarning shaxsiga oid ma'lumotlarini noqonuniy ravishda egallab, ularning bank plastik kartalaridagi pul mablag'larini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritib kelganligi aniqlandi.

Olingan tezkor ma'lumotlar natijasida, 2021 yil iyul` oyida Toshkent shahri hududida IIV Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur noqonuniy harakatni Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi, muqaddam Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan sudlangan, 1997 y.t. fuqaro D.K. sodir etganligi aniqlanib, uning ikki dona telefon qurilmasi ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Ushbu shaxs “Telegram”dagi “UNIVERSAL KREDIT” nomli soxta guruhi orqali 15 daqiqa ichida fuqarolar mikroqarz olishlari mumkinligini e'loni ostida respublika hududi bo'ylab 10 dan ziyod aldangan fuqarolarning jami 13.000.000 so'mga yaqin pul mablag'larini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritib, ushbu pullarni o'zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro D.K. ga nisbatan Yozyovon tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага