30 Iyul 2022 1701

Antimayner qurilmalarni oʻgʻirlagan shaxslar fosh qilindi

2022-yil 31-may kuni Navoiy shahrida yashovchi, 1995-y.t. A.F. murojaat qilib, Karmana tumani “Sardoba” mahallasida joylashgan issiqxona hududiga oʻrnatilgan, umumiy qiymati 3 mlrd. 285 mln. soʻmlik 30 ta “ANTMAYNER T19” qurilmalarini nomaʼlum shaxslar oʻgʻirlanganini maʼlum qilgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mazkur oʻta ogʻir jinoyatni fosh etish maqsadida, IIV Kiberxavfsizlik markazi va uning Navoiy viloyati boʻlinmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida, A.Gʻ.ga tegishli 2 dona “ANTMAYNER T19” apparatlari – 1999-y.t., Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi, antimayner qurilmalarini taʼmirlovchi usta I.A. tomonidan foydalanib kelinayotganligi aniqlanib, undan ushbu qurilmalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shundan soʻng, A.F. Ibragimov bilan tezkor surishtiruv olib borilib, mazkur antimayner qurilmalarni oʻgʻirlagan shaxslar: 1995-y.t., Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashovchi N.F. va 1995-y.t., Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashovchi R.A.lar ekanligi aniqlandi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, N.F. va R.A.lar qoʻlga olindi va N.F.ning yashash xonadonidan 11 dona “ANTMAYNER T19” qurilmalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olindi.

Hozirda qoʻlga olingan N.F. va R.A.larning «Quroltayev Alibek» ismli hamda boshqa jinoiy sheriklarini aniqlash choralari koʻrilmoqda.

IIV Kiberxavfsizlik markazi

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага