Arxiv hujjatlari qani?!
Yakkabog' tumani davlat arxivida elektron nusxa yaratish operatori X. R. tuman IIBga murojaat qilib, 2020 yil 13-noyabr` kuni soat 18:00 larda davlat arxivi tomonidan saqlovga olingan va qat'iy hisobda turgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning 2016-2018 yillardagi jami 3031 dona yig'ma jild ish hujjatlari yo'qolganini ma'lum qilgan.
Mazkur holat bo'yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Yakkabog' tuman davlat arxivchisi Q.D. va arxiv xo'jalik guruhida shartnoma asosida ishlovchi A.J.lar tomonidan 3031 dona ish hujjatlari eski qog'oz yig'uvchilarga sotib yuborilgani aniqlangan va ulardan 349 dona yig'ma jild ish hujjatlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati