26 Iyul 2022 680

Asaka tumani IIB boshligʻi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi

Asaka tumani 3-sektor rahbari, IIB boshligʻi S.Umarov boshchiligida va tegishli tashkilot rahbarlari tumanning “Mexnatobod” mahalla fuqarolar yigʻinida uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tuman bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha tumandagi tashkilotlar, ishlab chiqarish korxonalaridagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumotlar berildi.

Tumanda faoliyat koʻrsatayotgan banklar, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi rahbarlari yoshlarga oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyishlari, banklardan kredit olish boʻyicha tushunchalar berdilar.

Shuningdek, yoshlar sektor rahbaridan oʻzlariga qiziq boʻlgan savollarga kerakli javoblarni oldilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага