17 Avgust 2020 4332

Asaka tumani IIB xodimlari tomonidan uyda saqlangan 570,25 gramm “marixuana” aniqlandi

Shu yilning 10 avgust kuni soat 13:00 larda Asaka tumani ichki ishlar bo'limining tezkor xodimlari tomonidan o'tkazilgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida,tumanning "Kamolot" mahallasida yashovchi fuqaro X.I.ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida hojatxonasida 3 dona tsellofan paketga o'ralgan og'irligi 570,25 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida 570,25 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi olingan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага