Asaka tumanida mahalla “beshlik” tizimi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi
Respublika va viloyat ishchi guruhi tomonidan voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida “Qoʻqon shahar tajribasi” asosida “mahalla beshligi” tizimi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha Asaka tumani hokimligida tasdiqlangan dastur asosida oʻquv–seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Oʻquv–seminar mashgʻulotlari “kaskad” usulida tashkil etilib, unda respublika va viloyat darajasidagi ekspertlar tasdiqlangan dastur asosida oʻz maʼruzalari bilan qatnashdilar.
Mazkur seminar voyaga yetmagan va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tashkil etilib, unda masʼullar tomonidan ijtimoiy profilaktika obyekti bilan ish olib borishga qaratilgan dasturning mazmun-mohiyati taqdimot-maʼruzalari yordamida tushuntirildi.
Test sinovlari ekspertlar tomonidan alohida ishlab chiqilgan savollar asosida olindi.
Hozirda oʻquv–seminar mashgʻulotlari shahar-tuman kesimlarida davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati