17 May 2022
1392
“Audi” haydovchisi qidiruvda bo‘lib chiqdi
2022 yil 15 may kuni soat 22:45 larda Toshkent shahar, Olmazor tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Sh.Ochildiyev va J.Xakimovlar tomonidan, Qamarniso ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan “Audi” rusumli avtomobil to‘xtatilib, haydovchi, 1989 yilda tug‘ilgan X.G.ning maʼlumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro X.G. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139-moddasi 2-qismi bilan ayblanib, 2022 yil 30 mart kunidan buyon qidiruvdaligi maʼlum bo‘lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro X.G. Olmazor tumani IIO FMBga topshirilgan.
IIV JXD YHXX Axborot xizmati